Qobilbek To‘laboev ilk g‘alabasini nishonladi
Tailandning Bangkok shahrida professional bokschilar o‘rtasida o‘tkazilgan turnirda 23 yoshli sportchimiz Qobilbek To‘laboev mezbonlar sharafini himoya qilgan Puttipxon Rakunga qarshi jang o‘tkazdi.
Engil vazn toifasidagi charm qo‘lqop ustalari bellashuvida Qobilbek tajribali raqibiga qarshi munosib ishtirok etdi. Jangda bokschimiz raqibiga qator zarbalar yo‘lladi va uni texnik nokautga uchratib, o‘zining ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Bunga qadar Qobilbek To‘laboev professional boksda ikki marotaba jang o‘tkazgan hamda ularda imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.

Fikrlar