"Qo‘qon-1912" - AGMK o‘yini oldidan qiziqarli faktlar

  • 08.09.2022 15:09
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Coca Cola Superligasi 18-tur doirasidan o‘rin olgan  “Qo‘qon-1912” – AGMK  bahsi 9 sentyabr kuni  Yaypandagi  “O‘zbekiston” stadionida  bo‘lib o‘tadi. Navbatdagi bahs oldidan ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlardagi statistik ma’lumotlari bilan tanishtirib o‘tamiz.

O‘zaro o‘yinlar

Ushbu jamoalar shu kunga qadar O‘zbekiston chempionatlarida 17 marta to‘qnash kelishgan. O‘yinlarning to‘rttasida futbolchilarimiz g‘alaba qozonishgan. O‘nta uchrashuvda olmaliqliklar qo‘li baland kelgan. Uchta bahsda g‘olib nomi aniqlanmagan.

To‘plar nisbati 31-20 AGMK foydasiga. O‘zaro uchrashuvlarda “Qo‘qon-1912” 15 ochkoni qo‘lga kiritgan. AGMK hisobida esa 33 ochko mavjud.

Qo‘qonda o‘tkazilgan so‘nggi oltita uchrashuv:

20.11.2021  Qo‘qon-1912 – AGMK – 2:2

26.10.2020 Qo‘qon-1912 – AGMK - 1:0

23.11.2019 Qo‘qon-1912 – AGMK - 1:3

03.10. 2018 Qo‘qon-1912 – AGMK - 1:2

18. 07. 2018 Qo‘qon-1912 – AGMK - 3:0

25.11.2017 Qo‘qon-1912 – AGMK - 1:2

Coca Cola superligasining 18 turida ishlaydigan rasmiylar ma’lum bo‘ldi. Yaypandagi "O‘zbekiston" stadionida bo‘lib o‘tadigan AGMK- "Qo‘qon-1912" uchrashuvini Raximbek Karimov boshchiligidagi hakamlar guruhi boshqarib borishadigan bo‘ldi. Raximbek Karimov bu mavsumda jamoamiz ishtirokidagi 2 ta  bahsni boshqarib borgan. Safarda o‘tgan ikki bahsning birida mag‘lub bo‘lganmiz va birida durang natija qayd etilgan. Karimov boshqarib borgan "Navbahor"ga qarshi Namanganda bo‘lib o‘tgan bahsda mezbonlar g‘alaba qozonishgan bo‘lsa, Toshkentda "Bunyodkor" bilan o‘yinda 1-1 hisobidagi durang natijani qayd etganmiz.

"Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!