"Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi uchun kirish chiptalari sotuvga chiqarildi
Xabaringiz bor, ertaga Superliganing 23-turi doirasida Qo‘qonning "Qo‘qon-1912" va Jizzaxning "So‘g‘diyona" klublari o‘rtasida futbol uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Shuningdek, mazkur uchrashuv oldidan "O‘zbekiston" o‘yingohida o‘zbek futbolining 110 yilligiga bag‘ishlangan maxsus tadbirlar tashkil etiladi. Shu munosabat bilan bugundan "Qo‘qon-1912" - "So‘g‘diyona" uchrashuvi chiptalari sotuvga chiqarildi.
Shoshiling va ulgurib qoling! Katta futbol uchrashuvini o‘tkazib yubormang! Chiptalarni "O‘zbekiston" o‘yingohi kassalaridan xarid qilishingiz mumkin.


Fikrlar