"Qo‘qon-1912" bosh murabbiyi: "Hakamlardan noligan joyim yo‘q, tirik jon, ular ham xato qiladi"

  • 8 may, 2023, 23:23
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro ligada ishtirok etayotgan “Qo‘qon-1912” jamoasining hozirdagi natijalari ko‘ngildagidek emas. 8-turda “Xorazm”ni qabul qilgan mezbonlar 0:0 hisobida nursiz durang o‘ynadilar. Undan avval esa O‘zbekiston Kubogi doirasida “Mash’al”ga va chempionat bahsida “Lokomotiv”ga imkoniyat boy berilgandi.

Tecno

Klubdagi omadsizliklar sababli yaqinda bosh murabbiy o‘zgartirildi. Muhsin Nizomiddinov “Qo‘qon-1912” bosh murabbiyi sifatida ish boshlaganidan xabardorsiz. Lekin hozircha jamoa uning boshchiligida g‘alabaga erishgani yo‘q. Avvaliga Muborakda “Mash’al”ga mag‘lub bo‘lishdi, bu safar esa o‘z uyida “Xorazm” bilan durang natija qayd etildi.

Ushbu bellashuvdan keyin Muhsin Nizomiddinov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

- Barchani 9-may xotira va qadrlash kuni bilan tabriklayman. Uchrashuvga kelsak, chiroyli, tomoshabop bo‘ldi. Ikkala jamoa ham bu o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandi. Natijani ko‘rdinglar. Yutish kerak, keyingi o‘yinga tayyorlanamiz.

muhsin1

- Uchrashuv davomida zaxiradagi o‘yinchilarga bir necha bor qaradingiz. Lekin futbolchi almashtirishni qilmadingiz. Bu nima bilan bog‘liq: zaxira torligidanmi yoki o‘yinni kuchaytiradigan futbolchi yo‘qligidanmi?

- Jamoada bo‘lgan 24-25 nafar futbolchi o‘yinni kuchaytira oladi. Men barchasiga ishonaman. Faqat bugun shunaqa o‘yin bo‘ldiki, o‘yin buzilmasin deb zaxiradan futbolchini maydonga tushira olmasdim. O‘tgan safar “Lokomotiv” bilan uchrashuvda Mo‘min Meliev biroz omadsiz chiqdi. O‘sha uchrashuvdan keyin hamma yigitlarda ruhiy tomondan biroz zo‘riqish bor. Buni “Mash’al” bilan uchrashuvda ham ko‘rdik. Ammo bular ustida ishladik. Maqsadim hamma o‘yinchiga bir xil imkoniyat berish. Ikkinchi davraga ko‘ramiz, boshqacha tayyorlanamiz. Hali kamchiliklarimiz bor. O‘zim himoyada o‘ynaganman. 8 ta o‘yinda 12 ta gol o‘tkazib yubordik. Meni maqsadim hozirda himoyani to‘g‘rilash. Qanaqa murabbiy kelishidan qat’iy nazar hammasi birinchi o‘rinda himoyani ko‘radi. “Mash’al”dan 3 ta gol o‘tkazgach, o‘sha uchrashuvdan keyin bir hafta davomida himoya bilan ishladim. Bunga maqsadimga erishdim, bu safar gol o‘tkazmadik. Endi oldingi chiziqqa o‘tamiz. Tanlagan taktikamizda shu narsa bor edi. Hujumlarimizni gol bilan yakunlay olmadik. Mayli, hech qisi yo‘q, keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘ramiz. Xudo xohlasa, Samarqandda yaxshi bo‘ladi.

muhsin

- Hakamlik borasida nima deysiz?

- Hakamlar yosh, o‘sayotgan hakamlar. Oldin o‘rinbosarlar bilan ishlaganimda ham hech nima demaganman. Hakamlarga baho qo‘yadigan mutaxassislar bor. Hech qachon hakamlardan noligan joyim yo‘q. Bundan keyin ham nolimayman. Sabab? Tirik jon, ular ham xato qiladi, ammo ataylab qilmaydi. Shuning uchun hakamlarga e’tiroz yo‘q. Barchasiga omad tilayman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!