
"Qo‘qon-1912" klubi mashg‘ulotlariga yangi futbolchilar qo‘shildi. Ulardan biri legioner
Toshkent shahrida o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borayotgan "Qo‘qon-1912" jamoasi safiga ikki nafar yangi futbolchilar kelib qo‘shilishdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bir necha kun avval Navoiynning "Qizilqum" jamoasi ko‘rigida bo‘lib turgan Kot-d'Ivuardan hujumchi Yakuba Bamba (Yacouba Bamba) hamda "Bunyodkor" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblangan yarim himoyachi Sardor Azimov Baxtiyor Ashurmatov boshchiligida bo‘lib o‘tayotgan mashg‘ulotlarda ishtirok etishmoqda.
Yakuba Bamba 1991 yil 30 noyabrda Kot-d'Ivuar mamlakatida tug‘ilgan. Bo‘yi 1.80sm. So‘nggi jamoasi Belarusning "Slutsk" klubi.
Sardor Azimov o‘tgan mavsumlarda "Bunyodkor", "Navbahor", "So‘g‘diyona" , "Andijon" kabi superliga klublaridagi faoliyatlari orqali muxlislarga tanilib ulgurgan.
Sardor Azimov hamda Yakuba Bamba hozircha murabbiylar ko‘rigida bo‘lib turishibdi. Bu futbolchilar jamoaning Toshkentda bo‘lib o‘tadigan nazorat o‘yinlarida sinovdan o‘tadilar.
Eslatib o‘tamiz, “Qo‘qon-1912” jamoasi futbolchilari, 14 fevral kuni Jizzaxning “So‘g‘diyona” hamda 17 fevral kuni Muborakning “Mash’al” klublariga qarshi nazorat o‘yinlarida maydonga tushadilar.
Fikrlar