
"Qo‘qon-1912" o‘z tarkibiga ikki himoyachini qo‘shib oldi (foto)
O‘z oldiga Superliga yo‘llanmasini maqsad qilgan “Qo‘qon-1912” jamoasi yangi mavsum uchun tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Jamoa o‘tgan mavsumda “Turon” sharafini himoya qilgan mahoratli himoyachi Jasur Urinov bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"Urinov o‘z tajribasi va salohiyati bilan jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bo‘la oladi! “Qo‘qon-1912” jamoasiga xush kelibsan, Jasur!", - deyiladi matbuot xizmati bergan xabarda.
Shuningdek, klub Azamat Isroilovni ham transfer qilinganini e’lon qildi. Isroilov jamoaning mudofaa chizig‘ini kuchaytirishda yordam beradi.
Manba: "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.
Fikrlar