
“Qo‘qon-1912”ning xorijlik legionerlari yangi mavsumda ham jamoada qoladigan bo‘ldi
O‘tgan mavsumning ikkinchi davrasida “Qo‘qon-1912” safiga kelib qo‘shilgan serbiyalik futbolchilar Nikola Valentich va Darko Gojkovich ishonchli o‘yinlari bildan muxlislar mehrini qozonishgani bor gap.
Yangi mavsum arafasida ko‘pchilik muxlislar legionerlarning keyingi taqdiri bilan qiziqishayotgandi.
Klub rasmiy saytining ma’lum qilishicha, har ikki nafar legionerlar jamoaga qaytishi aniq bo‘ldi. Futbolchilar bilan og‘zaki kelishuvga erishildi. Ayni damda ularning viza masalalari hal bo‘lmoqda.
Nikola Valentich va Darko Gojkovich 3 yanvar kuni boshlanadigan ikkinchi yig‘inda qo‘qonliklar safiga kelib qo‘shilishadi.
Fikrlar