
"Qo‘qon-1912"ning yig‘ini davom etmoqda. O‘rtoqlik o‘yinidagi 2 ta raqib ma’lum
Davron Fayziev boshchiligidagi “Qo‘qon-1912” jamoasining Do‘rmondagi mashg‘ulotlari davom etmoqda. Mashg‘ulotlar kuniga ikki mahaldan o‘tkazilyapti. Ertalabki mashg‘ulotlar trenajyor zalida o‘tayotgan bo‘lsa, kunning ikkinchi yarmida futbolchilar to‘p bilan ishlashga qaratilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etishyapti.
Yig‘inda o‘rinbosarlar tarkibidan ham bir nechta yosh futbolchilar qatnashishmoqda. Tajribali futbolchimiz Aleksandr Merzlyakov hali jarohatidan to‘liq qutulmaganligi sababli hali mashg‘ulotlarda qatnashmayapti.
Tarkibda o‘zgarishlar bo‘lmoqda. Hujum chizig‘i vakillari yangicha ko‘rinish oladi. Shuningdek, himoya va yarim himoyada ham yangi va taniqli futbolchini jamoaga taklif etish borasida ishlar olib borilmoqda. Barcha masala rasman hal bo‘lgach, tezkorlik bilan qo‘shimcha ma’lumot beramiz.
Davron Fayzievning rejasiga ko‘ra “shunqorlar” 18 iyul kuni o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishadi. Futbolchilarimiz Toshkentdagi “Paxtakor” stadionida mezbonlarga qarshi maydonga chiqadilar.
Keyingi nazorat o‘yini esa Samarqandning “Dinamo” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“Qo‘qon-1912” matbuot xizmati.
Fikrlar