Qozog‘iston — O‘zbekiston o‘rtasidagi boks jangi rasm an e’lon qilindi
Qozog‘istonlik professional bokschi Rahat Seytjan (10-1, 6 KO) va o‘zbekistlonlik raqibi Jahonmurod Imomaliev (9-5, 5 KO) o‘rtasidagi jang Aktobe shahrida bo‘lib o‘tadi. Bu haqida Sports.kz nashri promouter Jalğas Tukeshovga tayanib xabar berdi.
Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, Aktobeda Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillari o‘rtasida keskin to‘qnashuv kutilmoqda.
Professional boks kechasi «Chempionlar kechasi» deb nomlanib, 31 oktyabr kuni o‘tkaziladi. Seytjan va Imomaliev yarim o‘rta vazn toifasida, olti raundga mo‘ljallangan jangda kuch sinashadi.
«Rahat Seytjan O‘zbekiston vakili Johonmurod Imomalievga qarshi ringga ko‘tariladi.
Sana: 31 oktyabr 2026 yil.
Joy: Aktobe, Yakkakurashlar saroyi», — deya ma’lum qilgan promouter o‘zining instagram sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Seytjan (10-1, 6 KO) so‘nggi marta 2026 yil aprelida jang qilgan edi. U o‘sha bahsda rossiyalik Danis Gabdrafikovga qarshi WBA Asia East mintaqaviy kamari uchun ringga chiqib, hakamlar yakdil qaroriga ko‘ra mag‘lub bo‘lgan.
O‘zbekiston vakili Jahonmurod Imomaliev esa 2025 yil yanvar oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston chempionatida ishtirok etib, saralash bosqichlarida bir qator havaskor janglar o‘tkazgan.

Fikrlar