Qozog‘iston chempionati. Sergeev to‘purarlar poygasida nechanchi o‘rinni egalladi?
Qozog‘iston Premer-ligasining joriy mavsumi yakuniga etdi.
So‘nggi turda mehmondan "Akjayik" jamoasini mag‘lub etgan "Tobol" klubi 11 yillik tanaffusdan so‘ng yana mamlakat chempionaga aylandi.
Ushbu mavsumni Qozog‘iston chempionatida o‘tkazgan legionerimiz Igor Sergeev 25ta o‘yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 2ta golga assistentlik qildi. Hamyurtimiz mavsumni "Aktobe" jamoasida boshladi va keyinchalik "Tobol" safiga ko‘chib o‘tdi.
Sergeev to‘purarlar poygasida 3-o‘rinni egalladi. "Astana" futbolchisi Marin Tomasov 17ta gol bilan peshqadam bo‘ldi.


Fikrlar