Qozog‘iston futzal terma jamoasining O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari uchun qaydnomasi e’lon qilindi

  • 13 dekabr, 2021, 16:55
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 14-15 dekabr kunlari qo‘shni Qozog‘iston poytaxti Nur-sulton shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.

Tecno

Bahodir Ahmedov boshchiligidagi jamoamiz yig‘in doirasida mezbonlarga qarshi 2 ta o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Ushbu ikkala o‘yin ham "Sport" telekanali orqali jonli efirda namoyish etilishi rejalashtirilgan.

Ushbu bahs uchun Qozog‘iston terma jamoasining qaydnomasi e’lon qilindi.

Darvozabonlar: Igita («Qayrat»), Rauan Atantaev («Nur-Sulton»);

Futzalchilar: Birjan Orazov, Chingiz Esenamanov, Albert Akbalikov, Duglas (Barchasi – «Qayrat»), Taynan («El-Poso», Ispaniya), Arnold Knaub («Dinamo Samara», Rossiya), Nurbek Karagulov («Aktobe»), Jomart Tokaev, Bolat Sarbasov (ikkalasi - «Atirau»), Ersultan Sagindikov («Bayterek»), Rinat Turegazin («Ayat»,) Gaziz Nagashibay («Raxmet»);

Eslatib o‘tamiz, joriy yil Litvada bo‘lib o‘tgan futzal bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1/8 finalgacha etib borgan bo‘lsa, Qozog‘iston terma jamoasi 4-o‘rinni egallagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!