Qozog‘iston klubi Al’vares bilan shartnoma imzoladi

  • 06.02.2026 17:39
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

Qozogʻistonning "Aktobe" klubi ispaniyalik Pablo Alvares bilan kelishuvga erishdi.

Xabarlarga koʻra, 28 yoshli yarim himoyachi Pablo Alvares Garsiya faoliyatini Qozogʻistonning "Aktobe" klubida davom ettiradi. Alvares futbolchilik faoliyatini Xixonning "Sporting" klubida boshlagan. Keyinchalik "Vilyarreal", "Alaves" va "San Ignasio" kabi ispan klublarida davom ettirgan. Bundan tashqari Xorvatiya va Bolgariya klublarida ham toʻp tepgan. Garsiya "Aktobe" safiga Ukrainaning "Karpati" klubidan kelib qoʻshildi.

Maʼlumot uchun,uning bozor qiymati 1,2 million evroni tashkil etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!