Qozog‘iston OAV O‘zbekistonning g‘alabalariga nega salbiy reaktsiya bildirmoqda? (foto)

  • 4 avgust, 2021, 13:23
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 10
  • Olimpizm
CHERY AUTO

So‘nggi ikki kun davomida O‘zbek sportchilari Tokio arenalarida yorqin g‘alabalar qayd etmoqda. Birinchi bo‘lib og‘ir atletikachimiz Akbar Jo‘raev Olimpiada chempioniga aylandi. Bugun esa boks bo‘yicha +91 kg vaznda bahslarda ishtirok etayotgan Bahodir Jalolov final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Bu voqealarga Qozog‘istonning SPORTS.kz nashri quyidagicha munosabat bildirdi:

"O‘zbek superog‘ir vaznli bokschisi Bahodir Jalolov Olimpiada yarim finalida nokdaunga uchradi. Jang muddatidan avval yakunlandi".

https://www.sports.kz/news/uzbekskogo-supertyaja-bahodira-djalolova-otpravili-v-nokdaun-v-polufinale-olimpiadyi-2020-boy-zavershilsya-dosrochno

photo_2021-08-04_12-24-57

"O‘zbekiston Olimpiadagi ikkinchi "oltin"ni qo‘lga kiritdi va medallar jamg‘arish bo‘yicha Qozog‘istondan uzoqlashdi".

https://www.sports.kz/news/uzbekistan-vzyal-vtoroe-zoloto-olimpiadyi-2020-i-esche-bolshe-otorvalsya-ot-kazahstana-v-obschem-zachete

photo_2021-08-04_12-25-42_1

"Qozog‘iston O‘zbekistonga Olimpiadadagi ikkinchi "oltin"ni qo‘lga kiritishda yordam berdi".

https://www.sports.kz/news/trener-ili-ilina-pomog-uzbekistanu-zavoevat-zoloto-olimpiadyi-2020-i-obnovit-rekord-v-tyajeloy-atletike

image_2021-08-04_12-31-09

"O‘zbekistondan bo‘lgan qozoq bokschisi arman bokschisiga mag‘lub bo‘ldi va Olimpiadani tark etdi".

https://www.sports.kz/news/kazahskiy-bokser-iz-uzbekistana-proigral-armyaninu-i-pokinul-olimpiadu-2020

image_2021-08-04_12-34-47

"Yiqilgan o‘zbekistonlik bokschi qozog‘istonliklarni Tokio Olimpiadasida g‘ayrioddiy zarbalar bilan mag‘lub etdi".

https://www.sports.kz/news/pobyivavshiy-v-nokdaune-uzbekskiy-bokser-izbival-kazaha-neobyichnyimi-udarami-na-olimpiade-v-tokio

image_2021-08-04_13-02-07

Xulosa

Afsuski, Sports.kz nashri e’lon qilayotgan xababrlar dilni xira qilmoqda. Bilasizmi, jon qo‘shnilarimizning eng nufuzli sayti jurnalistlari qay maqsadda bunday yo‘l tutayoganiga tushuna olmayapman.

O‘zbek va qozoq xalqlari doim bir ota-onaning farzandlari sanalgan. Er yuzida hech qanday millat biz va qo‘shnilarimiz singari o‘xshash til, urf-odatga ega emas. Achinarlisi shundaki, Tokio Olimpiadasi chog‘ida Sports.kz nashri e’lon qilayotgan xabarlarda sportchilarimizga nisbatan salbiy munosabat sezilmoqda. Bilasizmi nima alam qiladi? Ushbu axborot portali berayotgan ma’lumotlarda do‘stona ruh mavjud emas. Mayli, nashr jurnalistlari bizning sportchilarga muxlislik qilmasin, ammo jurnalistikaning birinchi sharti - adekvatlik qaerda qoldi?

Bu mavzuni olib chiqishdan oldin, yaxshilab Sports.kzni kuzatdim. Bizning sportchilar ishtirokidagi birorta xabarda adekvat sarlavhaga ko‘zim tushgani yo‘q. Bu nimasi, Sports.kz?! Sizlar amalga oshirayotgan ish ikki millat vakillari o‘rtasida nizo solishidan qo‘rqmaysizmi? Jurnalist aslida eng xolis inson bo‘lishi, voqeaga real ko‘z bilan boqishi lozim!

Nahotki, mana shunday sarlavhalar ostidagi xabarlar orqali sayt imijini ko‘tarmoqchi bo‘lsangiz? Sizlar o‘z auditoriyangiz oldida sportichilaringizni O‘zbekiston atletlari bilan solishtirib nimaga erishyapsiz? O‘ylashimcha, ushbu portal vakillari orasida dunyoqarashi juda tor insonlar faoliyat olib bormoqda. Boshqachasiga, aka-uka o‘rtasiga nizo solishdan mantiq ko‘rmayapman. Ko‘zingizni oching, Sports.kz da ishlayotgan "jurnalistlar"! Oynaning orqasida  asr XXI ketmoqda. Bunday stilda ishlash orqali ikki millat nafratidan boshqa hech narsaga erisha olmaysiz.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
05/08/2021 16:06
Қитмир, ғаламис, ахмоқ, эшшак тўнкалар. Кўролмаслик ҳам шунчалик бўладими. Ҳасад қиласанлар, ундан кўра ҳавас қил оллоҳ сенларга ҳам насиб қилар шунда олтин медалларни қоғоқларга айтилди ҳаммаси. Туриб туриб одамни жаҳли чиқадида. Шунқа қўшнилар кўпаймасин. Инсоф берсин оллоҳ.
&
Турсун Ғани
05/08/2021 15:05
Сўнги олимпиядалар, осиё ўйинлари ва бокс бўйича ЖЧ ва Осиё Чемпионатларида қўшни қозоқларги ўзбегим ҳеч қандай имконият қолдирмай уларни ортда қолдириб, ўтиб кетмоқда. Шунга бўлса керак Қозоғларнинг Спорт.Кz сайти кўраолмаганидан, куйганидан, аламидан шундай ёзмоқдадур. Ҳеч қиси йўқ, бунга улар аста аста кўнади. Ўрганиб кўникиб кетади ҳали. Чунки бу ёғи шундай давом этади. Қозоқлар ортда қолаверади. Кўникади секин аста, ачишиб, қичишиб, жиззилаб, кўниб боради.
Яна бир гап айтишадику
Ит ҳурар, карвон ўтар деб.
Ҳулоса ўзингиздан азизлар...
Абдулхамид Абдурашидов
04/08/2021 20:35
Қозоғистон бокс жамоаси таркибида рус ва татар миллатига мансуб спортчилар бор эди. Улар енгилиб қолсалар. "Кўзларида ўт йўқ, ғалаба сари интилиш йўқ. Боксдан чарчаган одам" дейдилар. Қозоқ миллатига мансуб боксчилар енгилса "хакамлар айбдор. Адолатсиз туфайли... Нафакат спортда балки хар бир нарсада ўзбеклар билан тасиблашади. Кўра олмайди ўзбекнинг ютуқларини. Равшан Ирматов акамиз хакамлик қилган пайтлардаги қозоқларнинг ачиганларини айтиб етказа олмайман
Абдулхамид Абдурашидов
04/08/2021 20:25
Ассалому алейкум. Хурматли миллатдошим. Мен Қозоғистонда туғилиб яшаётган ўзбекман. Тилим ва миллатим ўзбек. Бу қозоқ моллар ҳар қандай чет эллардан кам тушса, гап эмасу. Айнан Ўзбекистондан ортда қолса жуда аламлари келади. Нафақат бу сайт журналистлари, балки телекомментаторлар ўзбек спортчилари ютуқларини кўра олмайдилар. Тушунаман агар ўзбек билан қозоқ жангга тушса, бошқа гап бўлар эди. Хар қандай ўзбек спортчисига қарши болеть қилади. Ифлослар.
Kanadara Kenadara
04/08/2021 19:36
Avtor juda yaxshi fikr bildirgan.Men ham qozoq saytlafida o'qidim. Afsuski, qozoqlar ochiqchasiga g'arazguylik bilan yozgan bizning yutuqlarimiz haqida. Bizda birorta jurnalist ularning bu g'arazguyligi haqida yozmaydi. Bu bizni halqni yerga urish hisoblanadi agar biz buni jim qarab tursak o'z izzat nafsini, g'ururini himoya qila olmaydigan halq hisoblanamiz. Osmonimiz musaffo deb qurqoqlik va jur"atsizlik qilaversak bizni oyoq uchi bn kursataverishadi.Men ular bn urishish kk demoqchimasman lekin bunga mos munosabat bildirish kerakku. Do'st xalqmiz dem yoki provokatsiyaga uchmaylik deb qurqoqlik qilish - millat g'ururini toptashlariga yo'l berish va qurqoqlarcha pisib o'tirishni bildiradi. O'zi millatimiz juda ko'p yerga urilib kelmoqda turli davlatlar tomonidan( rossiya, qozog'iston) buni qurqoqlar va millatimizga befarqlargina ko'rmaydi.qolgan qurqoq jurnalistlar jim turganda bunga e'tibor qaratgan jurnalistga ming rahmat. Ishlaringizga rivoj.
Aykhodjaev Khusnulla
04/08/2021 17:41
Sports.kz ni admini o'ris bo'lsa kerak. Bunaqa gaplar o'rislarga выгодно.
Komil Habibulloh
04/08/2021 15:51
Adminlari provakatsiya qivotti, komentariyalarida qozoqlarni o'zi ham bu ishlarini qoralavotti
Feruz Ahmadaliyev
04/08/2021 15:49
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh toʻgʻri ular bizning qoʻshnimiz men qozoqlar chiqishsa baletchilik qilaman har doim oʻzimizga kelmasa qoʻshnimizda ,musulmon davlatda boʻlsin deb .Bu Fitna .Fitna oʻzi uhlaydigan narsa uni uygʻotgan odamga lanat boʻlsin deyilgan Astagʻfirulloh