Qozog‘iston terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi uchun kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi

  • 7 noyabr, 2022, 15:07
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Qozog‘iston futbol federatsiyasi noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinlari uchun milliy terma jamoaning kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi.

Qozog‘iston terma jamoasi 16 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston terma jamoasi bilan, 19 noyabr kuni Abu-Dabida Birlashgan Arab Amirliklari bilan bahs olib boradi.

Kengaytirilgan ro‘yxatga 30 nafar futbolchi kiritilgan. Yakuniy tarkibda 25 nafar futbolchi qoladi.

Darvozabonlar: Igor Shatskiy, Muxammedjan Seysen, Danil Ustimenko, Aleksandr Zarutskiy;

Himoyachilar: Sergey Maliy, Aleksandr Marochkin, Timur Dosmagambetov, Mixail Gabishev, Marat Bistrov, Temirlan Erlanov, Nurali Alip, Bagdat Kayirov, Abzal Beysebekov, Dmitriy Shomko, Alibek Kasim, Sultanbek Astanov, Yan Vorogovskiy;

Yarim himoyachilar: Islambek Kuat, Asxat Tagybergen, Aslan Darabaev, Adlet Sadybekov, Andrey Ulshin, Baxtiyor Zaynutdinov, Ramazan Orazov, Elxan Astanov, Maksim Samorodov;

Hujumchilar: Abat Ayimbetov, Abilayxan Jumabek, Artur Shushenachev, Aybar Jaksilikov.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!