
Qudratillo Abduqahhorov bir oy ichida 2-jangini o‘tkazadi!
29 iyun kuni Rossiyaning Kirov shahrida IBA chempionlar oqshomi tashkil qilinadi. Mazkur jang kechasida professional bokschimiz Qudratillo Abduqahhorov ham ringga ko‘tariladi. U rossiyalik iste’dod egasi , mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Pavel Sosulinga qarshi jang qiladi. Shuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, Qudratillo bir oy ichida ikkinchi marotaba rasmiy jangda ishtirok etmoqda. U 31 may kuni AQShdagi Gran-Prida grek Andreas Katsurakisga qarshi to‘liq davom etgan jangni o‘tkazgan va hakamlarning tushunarsiz qarori evaziga mag‘lub bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, Qudratilloning professional rekordi 20-3, 12 KO bo‘lsa, Sosulinniki 8-0, 3 KO ko‘rinish olgan. Albatta, ushbu muhim jangda hamyurtimizga omad tilaymiz!
Fikrlar