
Qudratillo Abduqahhorovning sparring raqibi ringga qaytmoqda
Avvalgi mavsum "yil kashfiyoti" deya e’tirof etilgan yarim o‘rta vaznda (66kg) kelajak chempionligi uchun asosiy da’vogar sifatida tilga olinayotgan, amerikalik Verjil Ortis ( 15-0, 15KO) 4 iyul kuni "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi tashkil etayotgan boks kechasining markaziy jangida ringga ko‘tariladi. Hozircha uning raqibi aniq emas. Aslida, mazkur sanada "Golden Boy"ning boshqa bir yosh bokschisi Rayan Garsiya ( 20-0, 17KO) o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazishi reja qilingandi. Ammo Garsiya va uning jamoasi 200 ming dollarlik kafolatlangan gonorardan bosh tortib, 500 ming dollarga ringga chiqishini aytib o‘tdi. Shu tariqa Garsiya 4 iyul kuni jang o‘tkazmaydigan va asosiy to‘qnashuvda Verjil Ortis ringga ko‘tariladigan bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Verjil Ortis hamyurtimiz Qudratillo Abduqahhorov bilan sparring janglarida ishtirok etgandi.
Fikrlar