Rafael Nadal 550-o‘yinida g‘alaba qozondi

Dunyoning birinchi raqamli tennischisi ispaniyalik Rafael Nadal Melburn shahrida o‘tayotgan “Australian Open – 2018” turnirida Bosniya va Gertsegovina vakili Damir Djumxur bilan raqobatlashdi.

Uch set davom etgan o‘yinda Rafael  6:1, 6:3, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi va o‘zaro o‘yinlardagi hisobni tenglashtirdi – 1:1. Nadal endi chorak finalga chiqish uchun argentinalik Diego Shvartsmanga qarshi kortga chiqadi.

Eslatib o‘tamiz, Damirga qarshi o‘tgan o‘yin Rafael Nadal uchun xard qoplamali kortlardagi 550 o‘yindir.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!