
Rafael Nadal va Garbin Mugurusa Ispaniyada eng yaxshi sportchiga aylandi
Ispaniyalik tennischilar Rafael Nadal va Garbin Mugurusa “Mundo Deportivo” nashri tomonidan “Yilning eng yaxshi erkak sportchisi” hamda “Yilning eng yaxshi ayol sportchisi” deb topildi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilgi sport mavsumida Nadal ikki marotaba “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqalarda zafar quchgan bo‘lsa, Mugurusa Uimbldonning bosh sovriniga ega chiqgan edi.
Shu tariqa Rafael mazkur sovrinni to‘rtinchi marotaba qo‘lga kiritib, rekord o‘rnatdi.
Fikrlar