Rafinya "Barselona" tarkibidan joy olmadi

  • 18.01.2026 16:55
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

Ispaniya La Ligasining 20-turidan o‘rin olgan "Barselona" — "Real Sosyedad" uchrashuvi uchun kataloniyaliklarning qaydnomasi e’lon qilindi. Ushbu tarkibdan jamoa yetakchisi Rafinya joy olmadi.

 Bu holatga o‘yin oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida braziliyalik futbolchida kichik jarohat borligi sabab qilib ko‘rsatilgan edi.Xansi Flik mazkur uchrashuv uchun 21 nafar futbolchini chaqirdi.

Ma’lumot uchun, bellashuv bugun soat 01:00'da start oladi.



 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!