Rafinya "Barselona"dagi kelajagiga to‘liq oydinlik kiritdi

  • 10.05.2026 14:34
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, "Barselona" futbolchisiga Saudiya Arabistoni klublari qiziqish bildirmoqda va yozda ham klubga, ham futbolchiga juda yirik taklif bilan chiqish rejasini koʻrib chiqmoqda.

Biroq braziliyalik futbolchi oʻz pozitsiyasini aniq bildirdi:

"Men oʻzimni uzoq yillar davomida "Barselona" futbolchisi sifatida koʻraman. Shartnomam 2028 yilgacha amal qiladi va agar klub shartnomani uzaytirishni xohlasa, men bunga ochiqman", — dedi Rafinya. 

Joriy mavsumda 29 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda 31 oʻyinda 19 ta gol urdi va 8 ta golga uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!