Rafinya: Shartnomam tugashiga bir necha yil qoldi

  • 11.04.2024 05:41
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Barselona" vingeri Rafinya PSJga qarshi (3:2) bellashuvdan so‘ng emotsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. 

"Bu men uchun alohida kecha. Shartnomam tugashiga bir necha yil qoldi va men yangi shartnoma imzolashni rejalashtiryapman. Bu erda uzoq yillar qolish uchun hamma narsa qilaman", - dedi "ko‘k-anorranglilar" hujumchisi. 

Qayd etish lozim, braziliyalik vinger Parij klubiga qarshi bahsda dubl qayd etib, o‘yinning eng yaxshi futbolchisiga aylandi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!