Ramazon Temirovning raqibi aniq. U Qo‘qonda jang qiladi

  • 7 may, 2022, 16:28
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

21may kuni Qo‘qon shahrida "Muradov_Professional_Liga 5" turniri bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Xabaringiz bor, ushbu kechada yurtimizning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari oktagonga ko‘tariladi. Bu borada, ularning raqiblari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tgandik. 

Bugunga kelib, O‘zbekiston MMA olamining kelajagi deya e’tirof etiluvchi Ramazon Temirovning ham raqibi aniq bo‘ldi.

Hamyurtimiz Qo‘qonda Qirg‘iziston vakili Argen Maratbek Uuluga qarshi jang qiladigan bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, qirg‘izistonlik jangchining rekordi 17-9 ko‘rinish olgan va u Sherdog. com ma’lumotiga ko‘ra, 5 ta g‘alabali seriyani qayd etib kelmoqda.

FB_IMG_1651921617244

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!