
Rami 2 soniyada 2ta sariq kartochka oldi
Kecha "Sevilya" Ispaniya chempionatining 16-turida o‘z maydonida "Malaga"ni qabul qildi va bir kishi kam bo‘lib qolganiga qaramay 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 62-daqiqasida mezbonlar futbolchisisi Adil Rami raqibiga nisbatan qo‘pol harakatni amalga oshirdi va hakam tomonidan sariq kartochka bilan ogohlantirildi. Biroq, shundan so‘ng ham frantsiyalik futbolchi hakam bilan tortishishni to‘xtatmadi, uchrashuv referisi esa unga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatdi va maydondan chetlatdi.
Bu vaqtga kelib "Sevilya" 4:0 hisobida g‘alaba qozonayotgan edi va Ramining maydondan chetlatilishi uchrashuv natijasiga deyarli ta’sir o‘tkazmadi. Yakuniy hisob 4:1.
Fikrlar