Ramires "Inter"ga o‘tishi mumkin

“Chelsi” klubi sobiq yarim himoyachisi, ayni damda esa Xitoyning “Tszyansu Sunin” jamoasida faoliyat olib borayotgan Ramires “Inter”ning qiziqishlariga sabab bo‘lmoqda.

La Gazzetta dello Sport nashrining yozishicha noyabr oyi so‘nggida Xitoyda chempionat bahslari yakunlanadi va 30 yoshli xavbek shundan so‘ng Italiyaga yo‘l olishi mumkin. Gap Ramiresning ijarasi haqida ketmoqda. Milanliklar bu haqda Evropada qishki transferlar davri boshlanishi bilanoq e’lon qilishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “Tszyansu Sunin”  va “Inter” jamoalariga Xitoyning yirik kompaniyalaridan biri hisoblangan Suning Group xo‘jayinlik qiladi.

Ma’lumot uchun, Ramires 2016 yil Xitoyga ko‘sib o‘tgan edi. Ujoriy mavsum jami 32ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11ta gol yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!