Ramos: "Biz hali taslim bo‘lganimiz yo‘q!"

  • 15 fevral, 2023, 16:20
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

PSJ himoyachisi Serxio Ramos "Bavariya"ga uchralgan mag‘lubiyat borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

"Bu "Bavariya"dek kuchli raqibga qarshi og‘ir o‘yin bo‘ldi. Ular deyarli xato qilmadi.

Birinchi bo‘limda raqib tashabbusni o‘z qo‘liga oldi va biz jamoa bo‘lib himoyalanishga harakat qildik. Tanaffusdan keyin ular ancha keng o‘ynay boshladi. Bir nechta qarshi hujumlar tashkil qilishdi. 

Natija biz uchun yaxshi bo‘lmadi, albatta. Sababi, biz ikkinchi o‘yin oldidan ustunlikka erishmoqchi edik. Ammo shu bilan to‘xtab qolmaymiz. Biz hali taslim bo‘lganimiz yo‘q", - dedi ispaniyalik futbolchi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!