
Ramos "Real"ga sodiq!
"Real" himoyachisi Serxio Ramos yangi mavsumda ham madridliklar safida qolishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi faoliyatini "Real"da yakunlamoqchi. Uning "qaymoqranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yil iyunida yakuniga etadi, biroq futbolchi klub bilan muzokaralar olib borishga hozirlanmoqda. Shuningdek, klub prezidenti Florentino Peres ham Ramosga 1+1 ko‘rinishida kelishuv taklif qilmoqchi.
Oldinroq, himoyachi uchun "PSJ", "Yuventus", "Manchester Yunayted" va "Manchester Siti" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.
Joriy mavsumda Ramos "Real" safida barcha turnirlarda 10 ta o‘yinda maydonga tushib, uchta gol va bitta golli uzatma muallifi bo‘ldi.
Fikrlar