Raқib “Chelsi” yulduzi transferini e’lon qildi

  • 29.08.2026 11:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Aston Villa» klubi rasmiy sayti orqali «Chelsi» hujumchisi Nikolas Jeksonning transferi amalga oshirilganini e’lon qildi.

Avvalroq OAV Birmingem klubi 25 yoshli hujumchining transferi uchun  70 million yevro to‘lashga tayyor ekanini xabar qilgan edi.

O‘tgan mavsumda Jekson «Bavariya»da ijara asosida o‘ynadi. Hujumchi barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda ishtirok etib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Uning «Chelsi» bilan shartnomasi 2033 yil yozigacha mo‘ljallangan edi.

Jekson 2023 yil yozidan «Chelsi» futbolchisi bo‘lib kelgan. U bu davrda klub bilan Konferensiyalar ligasi va klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!