Raqib erta taslim bo‘ldi

  • 28 noyabr, 2016, 10:45
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO
Qatarda tennis bo‘yicha "Fyuchers" turkumidagi xalqaro turnirda qatnashayotgan hamyurtimiz Saida’lo Saidkarimov saralash turniridan muvaffaqiyatli o‘tdi.
 
Saralash musobaqasini ikkinchi bosqichdan boshlagan o‘zbekistonlik tennischi asosiy to‘r yo‘llanmasi uchun o‘tkazilgan uchrashuvda Rossiya vakili Artyom Strokan bilan raqobatlashdi.
 
Uchrashuvning birinchi setida Saida’lo Saidkarimov raqibini 6:3 hisobida mag‘lub etdi. Ikkinchi setda 0:4 hisobida ortda qolayotgan Artyom Strokan o‘yinni davom ettirmasdan mag‘lubiyatini tan oldi.
 
Saida’lo Saidkarimov asosiy to‘rdagi dastlabki uchrashuvini italiyalik Matteo Berrettiniga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!