Raqib Vinisiusning eng xavfli tomonini topdi

  • 4 noyabr, 15:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa Chempionlar ligasi umumiy guruh bosqichining to‘rtinchi turida Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida Madridning “Real” jamoasi bilan kuch sinashadi.

Tecno

“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot raqib hujumchisi Vinisius Junior haqida fikr bildirdi.

- Men “el-klasiko”ni eslasam, birinchi navbatda Vinisiusning almashtirishga reaktsiyasini emas, balki o‘sha ikki kuchli jamoa va ajoyib o‘yinchilar to‘qnashuvini yodga olaman.

Vinisiusda bir nechta juda xavfli holatlar bo‘lgandi. Shunday vaziyatlardan biri ikkinchi daqiqada ro‘y berdi. Vinisius raqib jarima maydonchasiga kirib borib, penalti ishlab oldi, ammo VAR uni bekor qilgan.

Biz aynan shunday holatlardan ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Chunki Vinisius juda tezkor, yakkama-yakka vaziyatda yaxshi o‘ynaydi, bu o‘ziga xos futbolchi. U ikki, uch, hatto to‘rt o‘yinchiga qarshi kurasha oladi.

“Yuventus”ga qarshi o‘yinda unga besh nafar futbolchi qarshi turgan, ammo u shunda ham zarba berish uchun pozitsiya topgan, to‘p ustunga tegib, qaytib, darvozaga kirgan. “Real”ning bu o‘yinchisi haqiqatan ham g‘ayrioddiy, - dedi Arne Slot Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!