Rasman! Argentina terma jamoasi afsonasi faoliyatini yakunladi

  • 4 iyun, 2022, 13:58
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Boka Xuniors”, "Manchester Siti", "Manchester Yunayted", "Yuventus" va Argentina terma jamoasining sobiq hujumchisi Karlos Teves futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Karlos koronavirus natijasida vafot etgan otasining o‘limidan keyin o‘ynay olmasligini aytdi.

“Faoliyatimni yakunlaganimni e’lon qilmoqchiman. Shu kunlarda bir qancha jamoalardan ko‘p takliflar bo‘ldi, jumladan AQShning ko‘plab klublari menga yaxshi shartnoma berishdi, lekin men asosiy muxlisim - otamni yo‘qotganim uchun futbol o‘ynashni to‘xtatdim”, — deydi Teves.

Ma’lumot o‘rnida, argentinalik sobiq futbolchi faoliyati davomida turli klublarda 607 uchrashuvda maydonga tushib, 237 gol va 108 golli uzatma muallifiga aylangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!