Rasman! Arturo Vidal yangi jamoasi bilan shartnoma imzoladi (FOTO)
Braziliyaning "Flamengo" klubi o‘zining rasmiy sayti orqali chililik mashhur yarim himoyachi Arturo Vidal bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi.
“Inter” bilan shartnomasi yakunlangach erkin agentga aylangan 35 yoshli futbolchi yangi jamoasi safiga tekinga borib qo‘shilgan va 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan.

Arturo Vidal faoliyati davomida "Kolo-Kolo", "Bayer", "Yuventus", "Bavariya", "Barselona" va "Inter" klublarida o‘ynagan. U Chili terma jamoasi safida 127 ta o‘yin o‘tkazgan va 32 ta gol urgan. Vidal 5 karra Italiya, 3 karra Germaniya, 3 karra Chili va 1 karra Ispaniya chempioni hisoblanadi.



Fikrlar