Rasman! "Ayaks" - Gollandiya chempioni

  • 16.05.2019 08:11
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Ayaks" kecha Gollandiya Erediviziyasining 34-turida safarda "De Grafsxap" klubi mehmoni bo‘ldi va 4:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tariqa hisobidagi ochkolar sonini 86taga etkazib olgan amsterdamliklar mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishdi. Ikkinchi o‘rin esa 83 ochko jamg‘argan Eyndxovenning PSV klubiga nasib etdi.

"De Grafsxap" - "Ayaks" - 1:4.

Gollar: Shene, 37 - 0:1, El-Jebli, 40 - 1:1, Talyafiko, 44 - 1:2, penalti Tadich, 67 - 1:3, Tadich, 87 - 1:4.

"DeGrafsxap": Bertrams, Tutuarima, Ovusu, Stralman, Nyuport, Matusiva(Oleyve, 73), Vet, Baui (Neyland, 80), El-Djebli, van Migem (Byurgzorg, 68), Serrarens.

"Ayaks": Onana, Talyafiko, Blind, de Ligt, Mazraui (Nissen Kristensen, 59), de Yong, Shene (Dolberg, 63), Ziesh, van de Bek (de Vit, 78), Tadich, Xuntelar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!