
Rasman! "Barselona" yangi hujumchi sotib oldi (video)
“Leganes” klubi forvardi Martin Breytueyt faoliyatini “Barselona”da davom ettiradigan bo‘ldi. Bu haqda kataloniyaliklar rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 28 yoshli daniyalik futbolchi “ko‘k-anor ranglilar” bilan 2024 yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning transferi esa “Barsa”ga 18 mln evroga tushgan.
Tomonlar o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra Breytueytning tovon puli 300 mln evro etib belgilandi.
Ma’lumot uchun, Breytueyt joriy mavsum La Ligada 24 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol urishga erishdi.
Fikrlar