Rasman! Bektemir Meliqo‘ziev va Sergey Kovalyov jangi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilindi

  • 16 yanvar, 2021, 00:04
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

30 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi ko‘zda tutilgan Bektemir Meliqo‘ziev va Sergey Kovalyov jangi rasman bekor qilindi. 

Avvalroq, Sergey Kovalyov 30 yanvar kuni jang qila olmaydigan bo‘lsa, ushbu to‘qnashuv 13 fevralga ko‘chirilishi mumkinligi va Bektemir Meliqo‘zievga raqib sifatida Sallivan Barrera va Gabriel Rosado ko‘rilayotganligi haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi. Biroq, hamyurtmizning Sergey Kovalyovga qarshi jangi bo‘lmaydi. Bu borada "Boxingscene" muxbiri Dan Rafael ma’lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Sergey Kovalyov va Bektemir Meliqo‘ziev jangi 30 yanvar kuni dastlab, Moskvada “Lujniki”  arenasida bo‘lib o‘tishi kerak edi. Keyinchalik, bu to‘qnashuv AQShga ko‘chirilgandi.Ammo, rossiyalik bokschi doping testdan o‘ta olmadi. 

O‘zbek mutaxassisi Sergey Kovalyov doping iste’mol qilganiga ishonmayapti

Bahodir Jalolov Tokio Olimpiadasiga qadar professional boksda yana jang o‘tkazadimi? Bokschimiz javob berdi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!