
Rasman! "Beshiktosh" Santushni o‘z lavozimidan ozod qildi
2024 yilning yanvarida "Beshiktosh" portugaliyalik mutaxassis Fernando Santushni o‘zining yangi murabbiyi etib tayinladi. Oradan 4 oy o‘tib, Turkiya klubi u bilan xayrlashganini e’lon qilmoqda.
Santush kelganidan keyin "Beshiktosh" ketma-ket g‘alabalarni qo‘lga kiritayotgandi. Ammo hozir unday emas. Jamoa so‘nggi marta rasmiy o‘yinlarda 28 fevral kuni "Konyaspor"ga qarshi bahsda zafar quchdi. Shundan keyin 3 marta mag‘lubiyat uchrab, 2 bora durang o‘ynadi.
69 yoshli Fernandoning keyingi faoliyati hozircha noma’lum. Istanbulliklarni esa mavsum oxirigacha yordamchi murabbiy bo‘lib ishlayotgan Serdar Topratepe boshqaradi.
Fikrlar