
Rasman! De Ligt "Manchester Yunayted" futbolchisi
Rasman Matteys de Ligt "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylandi.
Matteys de Ligt uchun Angliya grandi 45+5 million evro to‘laydi. Shuningdek, futbolchi bilan 5 yillik shartnoma imzolanadi.
24 yoshli niderlandiyalik anchadan beri bu klubga o‘tishga harakat qilib kelayotgandi. Uning "Bavariya"ni tark etish ehtimoli mavsum yakunlanmasidan oldin ham bor edi.
Eslatib o‘tamiz, Matteys 2022 yili "Yuventus"dan Germaniya klubiga 67 million evro evaziga ko‘chib o‘tgandi.
Fikrlar