Rasman! Deyan Stankovich "Tsrvena Zvezda" bosh murabbiyi bo‘ldi

  • 21.12.2019 21:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Serbiyalik yaqin o‘tmishning mashhur futbolchilaridan biri Deyan Stankovich Belgradning “Tsrvena Zvezda” jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Ta’kidlash kerakki, “Tsrvena Zvezda” rahbariyati 19 dekabr kuni Vladan Milovichni bosh murabbiy lavozimidan iste’foga chiqargan edi.

Ma’lumot uchun, Stankovich uchun “Tsrvena Zvezda” begona emas. U 1994-1998 yillarda ushbu klub sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!