Rasman! Endi Osiyo Chempionlar ligasida 40 ta jamoa ishtirok etadi

  • 26 oktabr, 2019, 23:37
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun OFK ijroqo‘mi Osiyo Chempionlar ligasi ishtirokchilari sonini 40 tagacha oshirish bo‘yicha qarorni qabul qildi.

Tecno

Unga ko‘ra 2021 yildan boshlab G‘arb va Sharq mintaqalariga 1 tadan guruh qo‘shiladi. Ammo, bu vaziyatda reytingning dastlabki 6 taligida turgan davlatlar kvotalari o‘zgarishsiz qoldiriladi. Jumladan, O‘zbekistonning kvotasi ham 2021-2021 yillarda o‘zgarishsiz 1+1 ko‘rinishida qoladi. Yangi qo‘shiladigan 8 ta jamoa kvotasi esa reytingda o‘rtaroqda borayotgan mamlakatlarga taqdim etiladi. Biroq, bu qaysi mamlakatlarga va qay tartibda ajratilishi hozircha ma’lum emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!