
Rasman! Husain Norchaev Rossiya klubiga transfer qilindi
“Nasaf” futbol klubining yosh, umidli hujumchisi Rossiyaning “Alaniya” jamoasiga transfer qilindi. Bu haqda qarshiliklar matbuot xizmati xabar berdi.
Norchaev “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Husain 2019 yildan buyon asosiy jamoa tarkibida edi.
Hujumchi “Nasaf” tarkibida Superliganing bir marta kumush va bir marta bronza medallarini, ikki bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritdi. 2021 yilda u OFK kubogida to‘purarga aylangandi.
Fikrlar