Rasman! Ikrom Aliboev "Paxtakor" futbolchisiga aylandi (Foto)

  • 20 yanvar, 2022, 12:33
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Yarim himoyachi Ikrom Aliboev "Paxtakor" jamoa bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Manbaning ma’lum qilishicha, Aliboev erkin agent sifatida jamoaga ko‘chib o‘tdi va bir yillik shartnoma imzoladi.

photo_2022-01-20_10-24-16

28 yoshli futbolchi "Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchisi sanaladi va Aliboev o‘zining ilk jamoasiga qaytdi, deb aytish mumkin. Ikrom hozirgacha Superligada 97 bellashuvda 11 gol muallifiga aylangan. Uch martadan O‘zbekiston chempionati va Kubogi, bir bor esa O‘zbekiston Superkubogida g‘olib bo‘lgan.

Oxirgi uch mavsumni Aliboev Janubiy Koreyada "Seul" va "Tejon Sitizen" klublarida o‘tkazib, 63 uchrashuvda ishtirok etdi. Chempionlar Ligasida jami 20 bahsda maydonga tushgan.

photo_2022-01-20_10-24-15

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
biloljon
20/01/2022 17:38
Zoʻr boʻlibti