Rasman! Jek Grilish - Buyuk Britaniya tarixidagi eng qimmat futbolchiga aylandi

  • 06.08.2021 10:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Aston Villa" yarim himoyachisi Jek Grilish "Manchester Siti" futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "shaharliklar" 25 yoshli ingliz futbolchisi bilan 2027 yilga qadar shartnoma imzolashgan. Uning transferi "Siti"ga 118 million evroga tushgan. Shu tariqa u tarixdagi eng qimmat britaniyalik futbolchiga aylandi.

Grilish “Manchester Siti”da 10-raqamni tanladi.

Jek o‘tgan mavsum “Aston Villa”da 27 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 7 ta gol hamda 10 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!