Rasman! OKMK Papava transferini e’lon qildi

  • 19 yanvar, 2024, 18:26
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

OKMK jamoasi navbatdagi transferini e’lon qiladi!

Tecno

Erkin agent maqomidagi tajribali tayanch yarim himoyachi — Giorgi Papava yana Olmaliq klubiga qaytdi. OKMK va futbolchi o‘rtasida 2 yillik shartnoma imzolandi.

Giorgi Papava 1993 yil 16 fevralda Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tavallud topgan. Faoliyatini «Dinamo» Tbilisida boshlagan, keyinchalik Kiprning «Nea Salamina» va Gruziyada «Dila Gori», «Rustavi» hamda «Gagra» jamoalarida ham to‘p tepgan. Uning so‘nggi jamoasi ham aynan «Gagra» hisoblanadi.

papava

Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, Papava 2022 yilgi Superliga mavsumining ikkinchi qismida OKMKga kelib qo‘shilgandi. O‘shanda Papava «konchilar» safida 13 o‘yinda maydonda harakatlanib, 1 gol va 1 golli uzatmani ijro etgan. 2023 yilgi Superliga mavsumining birinchi qismini esa poytaxtning «Paxtakor» jamoasida o‘tkazgan Papava 3 ta o‘yinda maydonda harakat qilgan.

Papava faoliyati davomida 298 o‘yin o‘tkazgan va raqiblari darvozasiga 8 marotaba gol urgan.

OKMK matbuot xizmati.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!