
Rasman! PSJ 17 yoshli hujumchi bilan shartnoma imzoladi
“Dijon” hujumchisi Seku Yansane faoliyatini PSJda davom ettiradigan bo‘ldi.
Parijliklar rasmiy saytining xabar berishicha, 17 yoshli futbolchi bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzolangan. U joriy mavsumning qolgan qismini PSJ U19 jamoasida o‘tkazadi.
Maurisio Pochettino boshchiligidagi PSJ Frantsiya chempionatida 18 turdan so‘ng 36 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar