Rasman! PSJ himoyachi Shkrinyar transferini e’lon qildi (video)
PSJ klubi "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyar transferini e’lon qildi. Bu haqda jamoa rasmiy sayti orqali xabar berildi.
Himoyachi erkin agent sifatida parijliklar safiga kelib qo‘shildi. U yangi jamoasi bilan 2028 yilga qadar amal qiladigan shartnomaga imzo chekkan.
Milan 2017 yildan buyon “Inter” sharafini himoya qilib kelayotgandi. Futbolchi “neradzurrilar” bilan Italiya chempionati, Italiya Superkubogi (2 marta) hamda Italiya Kubogida (2 marta) g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan.
shkrinyar
Fikrlar