
Rasman! "Qizilqum" klubi "Qo‘qon-1912" himoyachisini o‘z safiga qo‘shib oldi
Ilhomjon Vaxobov "Qizilqum" jamoasi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan navoiyliklar tarkibni kuchaytirish maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi. O‘tgan mavsumda Qo‘qon shahrining "Qo‘qon-1912" jamoasida harakat qilgan iste’dodli himoyachi Ilhomjon Vaxobov "Qizilqum" bilan 1 yillik shartnoma tuzdi.
Ma’lumot o‘rnida, futbolchi o‘tgan mavsum Superligada 13 o‘yinda ishtirok etib, o‘z nomiga bitta gol yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar