Rasman! "Real" - La Liga g‘olibi
Biroz oldin o‘z nihoyasiga etgan "Jirona" - "Barselona" o‘yinidan keyin "Real" La Ligada muddatidan oldin chempionlikni hal qildi.
4:2 hisobida zafar quchgan Michel shogirdlari madridliklardan 13 ochkoga ortda bormoqda. Mavsum tugashiga esa 4 ta tur qoldi, ya’ni matematik jihatdan kataloniyaliklar "Qirollik klubi"ga eta olmaydi.
Shu tariqa, "Real" o‘z tarixida 36-bor ushbu sovrinni qo‘lga kiritmoqda.
Fikrlar