Rasman! Superliga debyutanti Balotelli bilan shartnoma imzoladi

  • 7 iyul, 2021, 21:02
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Mario Balotelli faoliyatini Turkiya klubida davom ettiradigan bo‘ldi.

30 yoshli futbolchini Superliga debyutanti hisoblangan "Adana Demirspor" klubi o‘z safiga qo‘shib oldi. Turk klubi Mario bilan 3 yillik shartnoma imzoladi.

Balotelli o‘tgan mavsumni Italiya B Seriyasida ishtirok etuvchi “Montsa” klubida o‘tkazdi. U ushbu jamoada 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 6 ta gol muallifi bo‘ldi.

Mario Balotelli faoliyati davomida "Inter", "Manchester Siti" va "Liverpul" kabi grand klublarda to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!