Rasmiy xabar! Bahrom Abdurahimov - "Sho‘rtan" futbolchisi

  • 10.03.2026 10:41
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bahrom Abdurahimov "Sho‘rtan" a’zosiga aylandi. Bu xabarni g‘uzorliklar matbuoti tasdiqladi.

"O‘zining “Nasaf” va “Paxtakor” kabi jamoalardagi yorqin o‘yinlari bilan muxlislar e’tiborini qozongan, o‘tgan mavsumda “Qo‘qon-1912” sharafini himoya qilgan tajribali yarim himoyachi Bahrom Abdurahimov jamoamiz safiga kelib qo‘shildi.

Futbolchi “Sho‘rtan” bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Ishonamizki, Bahrom o‘z tajribasi va mahorati bilan jamoamiz oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishda hamda Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish yo‘lida muhim hissa qo‘shadi.

“Sho‘rtan” oilasiga xush kelibsan, Bahrom", - deyiladi xabarda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!