
Rasmiy xabar! "Qizilqum" navbatdagi transferlarni e’lon qildi (foto)
Samandar Shukrullaev - "Qizilqum" jamoasi futbolchisi! Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Yangi mavsumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan "oltin izlovchilar" tarkibni kuchaytirish maqsadida navbatdagi transferni amalga oshirdi.
O‘tgan mavsumda Muborakning "Mash’al" jamoasida harakat qilgan himoyachi Samandar Shukrullaev 2023 yilgi mavsumda "Qizilqum" jamoasi tarkibida harakat qiladi.
Shuningdek, o‘tgan mavsumda Qo‘qon shahrining "Qo‘qon-1912" jamoasi sharafini himoya qilgan iste’dodli himoyachi Avazxon Mamatxo‘jaev yangi mavsumdan navoiyliklar sharafini himoya qiladi.
Fikrlar