Raul Asension 2,5 yilga qamalishi mumkin

  • 01.08.2026 16:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

The Athletic nashri ma'lumotiga ko‘ra, "Real" tarbiyalanuvchisi Raul Asensioga yosh qiz ishtirok etgan, uning roziligisiz yozib olingan intim videoni tarqatgani uchun 2,5 yilgacha qamoq jazosi xavf solmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi o‘sha videoda qatnashmagan, yozuv unga tanishlari orqali yetkazilgan va u faylni uchinchi shaxsga yuborgan.

U bilan birga sud oldida "Real" yoshlar jamoasida birga o‘ynagan yana uch nafar sobiq jamoadoshi ham javobgarlikka tortiladi. Sud majlislari 3, 4 va 7 sentabr kunlariga belgilangan.

Raul Asensio Madrid klubi akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U asosiy jamoa safida 80 ta o‘yin o‘tkazgan, 2 ta gol urgan va 3 ta golli pas bergan. Futbolchining "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2031 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali Asensioning transfer qiymatini 20 million yevro atrofida baholamoqda, u hozirda 23 yoshda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!